Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichida to‘p suradigan juftliklar aniq bo‘ldi.
Oldindan aytish kerak, avvalgi bosqich doirasidan o‘rin olgan yana 2 ta uchrashuv oldinda kutib turibdi. 26-mart kuni “Orol” va “So‘g‘diyona” klublari Jizzaxda o‘zaro kuch sinashadi. Bellashuv Nukusdagi stadion talabga javob bermagani uchun Qoraqalpog‘istondan olib qo‘yilgan.
“Paxtakor”ning “Nurafshon” klubiga qarshi o‘yini esa 10-aprelga qoldirilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 3 nafardan ko‘proq futbolchi bergani uchun “Paxtakor” uchrashuvni ko‘chirishni so‘rab murojaat qilgani bunga sababdir.
Nimchorak finalda katta ehtimol bilan “Nasaf” va “Paxtakor” klublari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Mazkur bosqichdan e’tiboran kubokning amaldagi egasi “Lokomotiv” hamda mamlakat vitse-chempioni “Bunyodkor” ham turnirga qo‘shiladi.
Farg‘onaning “Neftchi” klubi avvalgi bosqichda “Andijon” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgandi. Shuningdek, Oliy liganing 3-turida Namanganda ham 1:1 hisobini qayd etgandi. Endi kubokning chorak finaliga chiqish uchun yana “Navbahor” bilan kurash olib boradi.
O‘zbekiston kubogi 1/8 final
“Lokomotiv” — “Qizilqum”“Orol”/“So‘g‘diyona” — “Buxoro”“Qo‘qon-1912” — “Metallurg”“Nurafshon”/“Paxtakor” — “Nasaf”“Dinamo” — “Olmaliq”“Yozyovon-Lochinlari” — “Mash’al”“Neftchi” — “Navbahor”“Sho‘rtan” — “Bunyodkor”
Izoh (0)