Yaponiya poytaxti Tokio shahrining Xaradzyuku kvartalida ichida uxlash uchun karavotli kafe ochildi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, har biri 9 ming dollar bo‘lgan 10 ta karavot Nescafe kafesi ichida o‘rnatildi. Karavotlarga o‘rnatilgan chiroq va quloqchinlar mijozlarning uyquga ketishiga tezroq yordam beradi.Muassasa qoidalariga ko‘ra, mijozlar ikki soatgacha dam olishi va menyudan kamida bitta taomga buyurtma berishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, istaganlarga uyqudan oldin bir chashka kofeinsiz Nescafe kofesi, uyqudan keyin esa tetiklashtiruvchi ichimliklar taklif qilinadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)