18-mart, shanba kuni Yekaterinburg shahri “Yoshlik” maydonida birinchi bor toshlar o‘rnida “Oka” avtomobilidan foydalangan holda “avtokyorling” turniri bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi TJournal.
O‘yinchilarga jarohat yetmasligi hamda mashina korpusi yengilroq bo‘lishi uchun uning oyna hamda dvigatellari olib tashlandi. Musobaqa uchun oltita mashina tayyorlandi.
Ishtirokchilar 10 kishidan iborat to‘rtta jamoga bo‘lindi, g‘olibga 100 ming rubl miqdorida mukofot taqdim etildi.
Bu tadbirning tashkilotchisi “Smartpolis” sug‘urta agentligi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotchilarning maqsadi avtomobil sug‘urtasining muhimligini hamda avtotrassalarda YTH qoidalariga rioya qilishni eslatib qo‘yishdan iborat.
Izoh (0)