Parijning Orli aeroportida harbiy patrulga hujum qilgan shaxsning otasi va akasi politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Qayd etilishicha, jinoyatchining otasi va akasi tergov doirasida ushlangan.
Bugun, 18-mart kuni Parijning Orli aeroportida noma’lum shaxs harbiy patrulga hujum qilib, uning qurolini olib qo‘yishga harakat qilgan edi. Bunga javoban harbiy unga qarata o‘t ochdi. Hujum qilgan shaxs o‘ldirildi. Uning shaxsi aniqlandi, biroq hozircha oshkor qilinmadi.
Ko‘p o‘tmay, aeroportdagi terrorchilik harakati va Parij shimolida sodir bo‘lgan voqea — haydovchining politsiyachilarga qarata o‘t ochishi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)