• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat raqobat qo‘mitasi nohalol raqobat holatini bartaraf etib, Unitel’ning elektr tarmog‘iga ulanishiga ko‘maklashdi

    Davlat raqobat qo‘mitasi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yo‘l qo‘yilgan insofsiz (nohalol) raqobat holatini bartaraf etdi va Unitel’ning elektr tarmog‘iga ulanishiga ko‘maklashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    O‘tgan yili Unitel kompaniyasi Toshkent viloyati bo‘yicha elektr energiyasini taqsimlash va sotishga mas’ul bo‘lgan “Toshkent HETK” AJga o‘zi xizmat ko‘rsatadigan bo‘linmalarda ichki elektr tarmoqlarini qurish va ulanishga texnik shart berish to‘g‘risida murojaat qilgan.

    Biroq, jamiyat operatorga texnik shartlarni taqdim etmagan va uning o‘rniga elektr energiyasidan foydalanishga tayyor sharti ostida “yagona darcha”ga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

    Texnik shartlarni olishdan farqli tarzda, elektr energiyasidan foydalanishga tayyor sharti ostida deganda bir qator qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzilishi va ko‘rsatilgan barcha xizmatlarga haq to‘lanishi nazarda tutilgan

    Texnik shartni berishdan bosh tortishga asos qilib, “O‘zbekenergo” AJning 2016-yil 12-iyulda RR-230-sonli Ko‘rsatmasi ko‘rsatilgan. Ushbu hujjatga binoan, elektr energiyasidan foydalanishga tayyor holda ko‘rsatiladigan xizmatlarni olmasdan turib texnik shartlar berilmasligi qayd etilgan.

    O‘rganishlar ko‘rsatishicha, elektr energiyasidan foydalanishga tayyor sharti ostida ko‘rsatiladigan xizmatlar texnik shartlarni olish va ba’zi bir ishlarni o‘z kuchi bilan bajarish qiymatidan ancha qimmat bo‘lgan.

    Yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, Unitel kompaniyasi Davlat raqobat qo‘mitasiga murojaat qildi.

    Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi. 2016-yilning 1-yanvaridan e’tiboran tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasidan foydalanishga tayyor holda elektr tarmoqlariga ulanishi “yagona darcha” qoidasi ostida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, bu elektr energiyasidan foydalanishga tayyor holda ko‘rsatiladigan xizmatlardan foylanmasdan turib, texnik shart olish mumkinmas degani emas.

    Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish va transportirovkalash tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati sohasiga kiradi, lekin tabiiy monopoliya subyektlariga o‘z mavqeyini suiiste’mol qilgan holda tabiiy monopoliyalar sohasiga kirmaydigan tovar, ish va xizmatlar bozorlarida raqobatni cheklashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Shuningdek, raqobat to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq, insofsiz (nohalol) raqobat, shu jumladan tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

    O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasiga ko‘ra, Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr energiyasini iste'mol qiluvchi elektr qurilmalarini belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlariga ulash uchun iste’molchilarga texnik shartlarni beradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 19-bandi ikkinchi xatboshiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoxud tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) buyurtmasiga ko‘ra uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda berilishi belgilangan.

    Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqqan holda, Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan aniqlangan qonun buzilish holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Natijada ushbu sohada raqobat muhiti tiklandi va 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kamsitilishiga barham berildi. Bundan tashqari ushbu sohadagi xizmatlar uchun belgilangan narxlarning pasayishiga erishiladi.

    17.03.2017, 09:11   Izoh (0)   7492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bahorgi ta’tilni Next’da o‘tkazish uchun 6 ta sabab

    17.03.2017, 09:00

    Mediapark va Señor&Señorita’ning Buyuk Ipak yo‘lida uzoq kutilgan ochilishi

    17.03.2017, 08:00

    O‘zbekistonda 2017-yilda toshqinga qarshi choralar uchun 62 mlrd so‘m ajratiladi

    16.03.2017, 22:10

    O‘zbekiston bilan YTTB o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

    16.03.2017, 21:38

    Toshkent shahar IIBB: Valyutafurushlarga nisbatan prokuratura organlari tomonidan tadbir o‘tkazildi

    16.03.2017, 21:34

    Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi

    16.03.2017, 21:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.