Toshkent shahar IIBBda 16-mart, payshanba kuni tashkil etilgan brifingda noqonuniy valyuta bozori (“qora bozor”)dagi valyutafurushlar qo‘lga olingani haqida xorijiy OAV tarqatgan axborotga aniqlik kiritish so‘raldi.
Toshkent shahar IIBB vakillarining tasdiqlashicha, haqiqatan ham shahar prokuratura organlari tomonidan valyutafurushlarga nisbatan tadbir o‘tkazilgan.
Brifingda mazkur tadbir tafsilotlari haqida yaqin kunlarda prokuratura organlariga tayangan holda axborot berilishi ma’lum qilindi. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)