Olimpiya o‘yinlarining 7 karra ishtirokchisi o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina 9–12-mart kunlari Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha L’International Gymnix–2017 turnirida kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Shu yilning 19-iyun kuni 42 yoshini qarshilaydigan Chusovitina tayanib sakrash bahsida 14,475 ochko to‘pladi. Oltin medal 14,500 ochko to‘plagan mezbon sportchi Shellon Olsenga nasib qilgan bo‘lsa, yaponiyalik Xitomi Xatakeda (14,025) va kanadalik Bruklin Murs (13,225) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga doir: 41 yoshli Oksana Chusovitina AQShdagi musobaqada 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi (video)
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)