Sirdaryo tumanida ikki noma’lum shaxs yuziga niqob kiygan holda nafaqaxo‘r, 1953-yilda tug‘ilgan ayolning uyiga bostirib kirdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosqinchilar ayolni urib, tan jarohati yetkazib, 230 ming so‘m puli, sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumi va Nokia mobil telefonini olib, voqea joyidan yashirindi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 1989 va 1991-yilda tug‘ilgan shaxslar amalga oshirgani aniqlanib, ular ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ushbu jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)