“Barsa” maydonida “yanchib” tashlangan “PSJ” keyingi o‘yinidayoq zafar quchdi
Fransiya chempionatining 29-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.
Angliya Premyer-ligasida faoliyat olib borayotgan ikki futbolchini Fransiyaga olib kelgan klublar buning mevasini ko‘rdi. “Marsel” safida Dmitri Payet ikkita golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. “Lion”ning yirik g‘alabasida esa Memfis Depayning dubli muhim rol o‘ynadi.
Chempionlar ligasini sharmandali tarzda tark etgan Parij klubi mazkur turni safarda o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘olib chiqdi. “Barselona”ga qarshi o‘yindan keyin “PSJ” prezidenti bosh murabbiy Unai Emeriga ishonishda davom etishini aytib o‘tgandi.
Fransiya Birinchi divizioni 29-tur 10-mart, juma
“Nitssa” — “Kan” 2:2
Gollar: Ivan Santini, 36 (0:1). Yann Karamo, 50 (0:2). Mario Balotelli, 71 (1:2). Anastasios Donis, 77 (2:2).
Izoh (0)