Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bagjilar shahridagi omma oldidagi chiqishi vaqtida Gollandiya hukumatini “millatchi” va “fashist” deb atadi. Bu haqda Anadolu agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Erdo‘g‘on, shuningdek, Gollandiya hukumatini “jur’atsiz va qo‘rqoq” deb ham atadi. Turkiya prezidenti ushbu so‘zlarni Gollandiya hukumati mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘liga Gollandiyaga kirishiga ruxsat bermaganidan so‘ng aytib o‘tdi.
Ko‘ramiz, Gollandiya, bundan keyin samolyotlaring Turkiyaga qanday qilib uchib kelar ekan. Men oddiy insonlar emas, diplomatlar haqida aytyapman. Ularning safari – alohida mavzu.Turkiya yetakchisi “Gollandiya terrorchilarni istaganicha oziqlantirishi mumkin”ligini va yakunda Gollandiyaning o‘zi shu terrorchilardan zarar ko‘rishini ta’kidladi.Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)