Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. 8-mart va 9-mart kungi o‘yinlar natijasi bilan keltirilgan havolalar yordamida tanishish mumkin.
10-mart kuni “Obod” va “Qo‘qon—1912” klublari o‘zaro durang o‘ynab, mavsumdagi dastlabki ochkolarini qo‘lga kiritdi. Bekobodning “Metallurg” klubi esa ketma-ket ikkinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Qo‘shimchasiga raqib darvozasiga yana gol ura olmadi.
Mavsumni g‘alaba bilan boshlagan va muxlis to‘plash borasida 1-turning eng yaxshi natijasini qayd etgan Namanganning “Navbahor” klubi Navoiyda “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 2-tur 10-mart, juma
Izoh (0)