Rossiyaning Irkutsk viloyati Bratsk shahrida 4-qavat balkonidan yiqilgan 7 yoshli bola yengil lat yedi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Hodisa 9-mart, payshanba kuni Primorskaya ko‘chasida mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da sodir bo‘ldi.
Bolakay do‘konga ketgan onasini kutayotgan edi. U balkonga chiqib, to‘siqdan osilib tushdi va to‘rtinchi qavatdan yiqildi. Baxtli tasodif tufayli bola tirik qoldi va hatto jarohat ham olmadi.IIVning Irkutsk viloyati bo‘yicha boshqarmasida bolakay qor uyumi ustiga tushganini ma’lum qildi. Shifokorlarning qayd etishicha, bolakayning hech qayeri sinmagan, faqatgina yengil lat yegan va kichik miya chayqalishini boshdan o‘tkazgan.Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmasi matbuot xizmati
Xabarda ta’kidlanishicha, Irkutsk viloyatida to‘rtinchi marta shunga o‘xshash holat sodir bo‘lmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)