O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh—2018 saralashining 6-turidan o‘rin olgan BAA — Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.
Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To‘rtinchi hakam — Dmitriy Pislegin.
BAA — Yaponiya bellashuvi 23-mart kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium’da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, saralashning “B” guruhida Saudiya va Yaponiya hisobida 10 tadan, Avstraliya hamda Amirlik termasi hisobida 9 tadan ochko bor. Tomonlarning Saitamada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida BAA termasi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Ravshan Ermatov mazkur guruhda faqatgina 1 ta o‘yinda ishlagan bo‘lib, o‘shanda Saudiya o‘z maydonida Avstraliya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan.
O‘zbekistonlik boshqa bir FIFA referisi Ilgiz Tantashev esa BAA ishtirokidagi o‘yinni boshqargan. Unda Amirlik termasi o‘z uyida Iroqni 2:0 hisobida taslim qilgandi.
Izoh (0)