Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya rasmiylari Malayziya fuqarolariga KXDR hududini tark etishni vaqtinchalik man etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Rasmiylar bu qarorini Malayziyada bo‘lib turgan fuqarolari va diplomatlari xavfsizligi borasida qayg‘urish bilan izohladi.

Shimoliy Koreya TIV mazkur qaror haqida Malayziyaning KXDRdagi elchixonasini ogohlantirdi va ikki davlat o‘rtasidagi muammolar tezda va oqilona hal etilishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Malayziya KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchisini persona non grata deb e’lon qildi va mamlakatni 48 soat mobaynida tark etish talabini  qo‘ydi. Bunga javoban Shimoliy Koreya ham xuddi shunday yo‘l tutdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida mamlakatimizga keladigan suv hajmi kamayishi xavfi mavjud” — Suv xo‘jaligi vazirligi
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi