Angliya Premyer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uning birinchisida “Tottenhem” o‘z maydonida “Everton”ni taslim qilgan bo‘lsa, keyingisida “Siti” Angliya shimolidan g‘alaba bilan qaytib keldi.
“Everton”ga qarshi bellashuvda Harri Keyn dublga erishib, mavsum boshidan buyon urgan gollari sonini 19 taga yetkazib oldi. Mazkur uchrashuvda 1 ta gol urgan Romelu Lukaku hisobida 18 ta gol bor bo‘lsa, kuchli uchlikni “Arsenal” a’zosi Aleksis Sanches 17 ta aniq zarba bilan yakunlagan.
Mazkur g‘alabadan keyin “Tottenhem” ligadagi ikkinchi pog‘onasini saqlab qoldi. “Shporlar”dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan “Manchester Siti” 1 ochko kamroq jamg‘argani inobatga olinsa, Xosep Gvardiola jamoasida 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyati mavjud.
Bugun — 6-mart kuni turni “Vest Hem” — “Chelsi” o‘yini yakunlab beradi.
Angliya Premyer-ligasi 27-tur 5-mart, yakshanba
Izoh (0)