Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 3-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.
“O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan janglarning birinchisida -56 kilogramm vazndagi bokschilar o‘zaro bahs olib bordi. Unda O‘zbekiston vakili Abdulhay Shorahmatov rossiyalik Dmitriy Sharafutdinovni 3:0 hisobida ishonchli tarzda yengdi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng Uzbek Tigers 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:
-64 kilogramm: Elnur Abduraimov — Radmir Abdurahmonov
-75 kilogramm: Isroil Madrimov — Rajab Rajabov
+91 kilogramm: Zuhriddin Mahkamov — Islom Tekeyev
-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev
Estatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)