Har yili 3-mart kuni nishonlanadigan Butunjahon yovvoyi tabiat kuniga “Ogonyok” jurnali Rossiya geografik markazi — Putorana platosi tabiati haqida hikoya qildi.
Nomsiz daryolar joylashgan va qish sakkiz oy davom etadigan bu o‘lkani fotograf Sergey Gorshkov uch yil davomida suratga oldi. Mazkur suratlarni “Kommersant.ru” taqdim etadi.
Qish faslida ko‘llarda hosil bo‘lgan muz qatqaloqlari balandligi ikki metrgacha yetib, iyul oxiriga qadar erimaydi.
Bir yo‘la uchta qor qo‘yini uchratish — fotosuratchi uchun katta omad!
Putorana platosi suvsarida och sariq rang ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
Ayan daryosi eng qattiq sovuqda ham muzlamaydi.
Bu o‘lkadagi qutb tulkisi avval faol ovlangan bo‘lsa, endi ular qo‘riqlanadi.
Irkingda daryosidagi Kitabo-Oron sharsharasi suv sathiga qarab ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Putorananing ovlash juda qiyin bo‘lgan jonivori — qutb bo‘risi bug‘u izidan bormoqda.
Kuksha — qarg‘a va zag‘izg‘onning qarindoshi bo‘lgan kichik qushcha. U bu yerdagi eng qattiq sovuqlarga ham chiday oladi.
Yovvoyi shimol bug‘ulari yassi tog‘ orqali ko‘chmoqda.
Mazkur daralar yoriqlarida qor qo‘ylari bo‘ri va ayiqlardan jonini saqlaydi.
Rosomaxalar juda kam sonli va yovvoyi tabiat kadrlariga kamdan-kam tushadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)