Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 1-tur uchrashuvlariga to‘liq yakun yasaldi. 3-mart kuni uchta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lsa, qolgan beshtasi bugun — 4-mart sanasida tashkil etildi.
Chempionlik uchun da’vogar Toshkentning “Bunyodkor” klubi Doston Hamdamovning yagona goli evaziga “So‘g‘diyona” ustilan zafar quchgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan “Buxoro”ga Ivan Nagayevning aniq zarbasi g‘alaba keltirdi.
Buxorolik futbolchilar mag‘lubiyatga uchratgan “Olmaliq” klubining oldiga Chempionlar ligasida ishtirok etish vazifasi qo‘yilgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Qarshining “Nasaf” klubi Qo‘qondan g‘alaba bilan qaytdi. O‘tgan mavsumning eng yaxshi legionerlaridan biri Dragan Cheran yangi mavsumni ham gol bilan boshay oldi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 1-tur 4-mart, shanba
Izoh (0)