Qashqadaryo viloyati hokimligida 28-fevral kuni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Senat axborot xizmati.
Majlisda Qashqadaryo viloyatida xalq bilan muloqot va voyaga yetmagan hamda mehnatga layoqatsiz voyaga yetgan shaxslarning moddiy-ta’minot olish huquqlarini ro‘yobga chiqarish holatini o‘rganish natijalari muhokama etildi.
Majlisda viloyatning barcha – 660 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalar tuzilganligi qayd etildi.
Ushbu komissiyalar 2 yoshgacha farzandlari bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga, 14 yoshgacha voyaga yetgan farzandlari bo‘lgan muhtoj oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz voyaga yetgan shaxslarga nafaqalar tayinlaydi va moddiy yordam ko‘rsatadi.
Mazkur maqsadlarga 2016-yilda 155 milliard 970 million so‘m sarflangani ma’lum qilindi.
Shuningdek, muhokama davomida senatorlar tomonidan Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan hamda mehnatga layoqatsiz voyaga yetgan shaxslarning moddiy ta’minot olish huquqlarini amalga oshirish borasida ayrim kamchilik va xatolar mavjudligi qayd etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)