“Barselona” La liga peshqadamiga aylandi. Beyl qizil olgan o‘yinda “Real” o‘z maydonida 3 ta gol o‘tkazib yubordi
Ispaniya La ligasining 25-turiga kelib “Barselona” peshqadamga aylandi. O‘z maydonida “Sporting”ni qabul qilgan klub 5 ta gol farqi bilan zafar quchdi.
Shu tariqa Kataloniya klubi ochkolari sonini 57 taga yetkazib oldi. Undan bitta kam o‘yinda maydonga tushgan Madridning “Real” klubi hisobida esa 56 ochko bor. Qoldirilgan o‘yinda “Real” Vigoga tashrif buyurib, “Selta” bilan hisob-kitob qilishi kerak bo‘ladi.
Kecha — 1-mart kuni “Qirollik klubi” o‘z uyida 2 ochko boy berdi. “Las-Palmas”ga qarshi ikkinchi bo‘limni mezbonlar Garet Beylning maydondan chetlatilishi sabab bir kishi kam o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
“Real”ni mag‘lubiyatdan Krishtianu Ronaldu qutqarib qoldi. U avvaliga penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, o‘yin asosiy vaqti yakuniga 1 daqiqa qolganida najot golini urishga erishdi.
Ispaniya La ligasi 25-tur 1-mart, chorshanba
“Barselona” — “Sporting” 6:1
Gollar: Lionel Messi, 9 (1:0). Xuan Rodriges, 11-avt (2:0). Karlos Kastro, 21 (2:1). Luis Suares, 27 (3:1). Pako Alkaser, 49 (4:1). Neymar, 65 (5:1). Ivan Rakitich, 87 (6:1).
Izoh (0)