Eski poyabzallardan qurilgan sport maydonlari borligini bilasizmi? Bizning maqolamiz modalar dunyosidagi qiziqarli va g‘ayrioddiy faktlar haqida.
Shimlardagi chiziqlar
Ishlab chiqarish sanoati davrigacha shimlarda chiziqlar bo‘lmagan. XIX asr yarmida tikuv fabrikalari rivojlangani sari katta miqdordagi mollarni dengizda tashish yo‘lga qo‘yildi. Buklanib qolgan shimlardagi chiziqlarni tekislash iloji bo‘lmay qolganidan bu chiziqlar modaga kira boshladi.
Este Lauderning tadbirkorligi haqida afsona
Ishlari uncha yurishmayotgan miss Lauder katta parfyumerlik do‘koniga kelib o‘zining atir shishasini go‘yo bexosdan yerga tushirib sindiradi. Xaridorlar bu atirning yoqimli hidiga qiziqib qoladi va bu do‘kon egasi Este Lauder bilan atirlarini sotib olish haqida shartnoma tuzishga majbur bo‘ladi.
Eski krossovkalardan sport maydonlari
1990-yillarning boshida Nike kompaniyasi bugungacha amalda bo‘lgan Reuse-A-Shoe dasturini ishga tushirdi. U eski krossovkalarni qayta ishlab, sport maydonlari uchun materiallar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)