Eron hukumati vakillari rejissor Asqar Farhodiyni “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. “Kommivoyajer” nomli kinokartina “Chet tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan edi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif “Oskar” mukofotini olgan va Donald Trampning muhojirlar bo‘yicha farmoniga qarshi chiqqan “Kommivoyajer” filmida rol ijro etgan aktyorlar hamda filmni suratga olgan guruh bilan faxrlanishini aytdi.
Eron vitse-prezidenti Is’hoq Jahongiriy esa rejissor Farhodiyni “Oskar” bilan tabriklab, hamyurti norozilik belgisi sifatida AQShdagi marosimga bormaslikka qaror qilganiga alohida urg‘u berdi.
Avvalroq AQShning Kinematografiya san’ati va fanlari akademiyasi prezidenti Sheril Bun Ayzeks muhojirlar to‘g‘risidagi Trampning farmoni artistlarni siyosiy faollarga aylantirganini ta’kidlagan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)