APL klublari 26-turni boshlab, shuning 6 ta uchrashuvini yakunlab bo‘ldi.
Klaudio Ranyeriga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Lester”dan fayz ketgan ko‘rinadi. Klub navbatdagi turning o‘zidayoq xavfli zonaga kirib qoldi. Jamoa 27-fevral kuni mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul”ni qabul qilishi inobatga olinsa, egallab turgan o‘rnidan ko‘tarilish oson kechmasligi tabiiy.
Londonning “Chelsi” klubi esa chempionlik sari yana bir qadam tashladi. O‘z maydonida Uels klubini qabul qilgan “aristokratlar” 3:1 hisobida zafar quchdi. Italiyalik murabbiy boshqarayotgan klubda har uchala gol ham ispaniyalik futbolchilar tomonidan kiritildi.
Angliya Premyer-ligasi 26-tur 25-fevral, shanba
Izoh (0)