Moskva metropolitenining “Pushkinskaya” bekatida birinchi bukkrossing – kitob almashish uchun mo‘ljallangan tokcha paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kitob almashish tokchasini “Jonli muloqot” ustunchasida topish mumkin. Yo‘lovchilarga o‘ziga yoqqan kitoblarni tanlab olish va o‘qib bo‘lingan kitoblarni shu yerda qoldirish imkoniyati beriladi.
Bukkrossing – kitoblarni almashish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy harakat. O‘qib bo‘lingan kitob boshqalar o‘qishi mumkinligi uchun jamoat joyida qoldirilishi kerak. Moskva shahrida kutubxona va madaniyat markazlaridan tashqari bukkrossing zonalari bir nechta aeroport va temiryo‘l vokzallari hududida mavjud.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)