Germaniyaning Nyurnberg shahrida Porsche Panamera xetchbekining yangi avlodi omma oldida kesib tashlandi, deb yozadi “Motor”.
Avtomobil yo‘l-transport hodisasida jarohatlanganlarni qutqarish bo‘yicha o‘z mahoratini oshirayotgan o‘t o‘chirish xodimlariga taqdim etildi. Porsche kompaniyasi avtomobilni test sinovlari uchun mo‘ljallangan partiyadan taqdim qildi.
O‘t o‘chirish xodimlari favqulodda vaziyatlarda mashina ichidan jabrlanganlarni tez, samarali va xavfsiz ravishda chiqarib olishga yordam beradigan maxsus “qutqaruv sxemasi” bo‘yicha ishladi.
Yevropada Panamera 113 ming yevroga sotiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)