BMW’ning eng ommabop sedani bazasidagi Alpina B7 avtomobili Abu-Dabidagi salonda taqdim etildi, deb yozadi “2drive.ru”.
Alpina B7 kuzovi Chestnut Brown, saloni esa Tartufo rangida bo‘lgan o‘z sinfidagi yagona avtomobildir.
Odatda jigarrangdagi avtomobillarga salbiy munosabatda bo‘lishadi, ammo BMW dizaynerlari yorqin tillarang elementlar va bo‘yoqning alohida tusi sharofati bilan mashinaning rangini yoqimli holatga keltirishga muvaffaq bo‘ldi.
Salon interyeri jigarrang charmdan yasalgan bo‘lib, qora rangli rul va torpeda, shuningdek, yog‘och detallar bilan bezatilgan.
BMW Alpina B7 4,4 litrli va 600 ot kuchiga teng V8 dvigateli bilan jihozlangan. Avtomobil 3,7 soniyada soatiga 100 km tezlikka erishadi, maksimal tezligi esa 330 km/soatga teng.
Izoh (0)