O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi negizida yagona geologiya xizmatini tashkil etishni taklif etmoqda, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Davlat geologiya qo‘mitasi ikki ilmiy-ishlab chiqarish markazi — “Navoiy KMK” Davlat korxonasining “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazini yagona geologiya xizmati tarkibiga qaytarishni taklif qilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama etilayotgan loyihani qabul qilish bilan istiqbolli konlarini o‘rganish uchun yagona yondashuvni ta’minlash orqali geologiya-razvedka ishlarining samaradorligini oshirish, shuningdek, sanoat mahsulotlari tashqi bozorida sifatli va raqobatbardosh ishlab chiqarish zaxirasini tashkil etish uchun respublika iqtisodiyotini uzoq muddatli mineral-xomashyo resurslari bilan ta’minlash maqsadlari ko‘zlanmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)