AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov yana bir promouterlik kompaniyasidan taklif qabul qilib oldi. Bu haqda bokschining murabbiyi Abror Tursunpo‘latovga tayanib “Olamsport” xabar berdi.
Avvalroq mashhur promoyetur Bob Arum o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi bilan ishlash taklifini bergandi. Endilikda G‘oibnazarov bilan Oskar De La Xoyya asos solgan Golden boy promouterlik kompaniyasi hamkorlik qilish niyatida.Professional shartnoma imzolab ulgurmadik. Shoshayotganimiz yo‘q. Takliflarni o‘rganib chiqmoqdamiz. Ba’zi bokschilarga o‘xshab, yolg‘onga aralashib qolmaslik uchun ham shoshilmayapmiz.Los-Anjelesda Aleksandr Lomachenko, Sergey Kovalyovlar bilan bitta zalda mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz. Qattiq ishlayapmiz. Chunki orada katta tanaffus bo‘ldi. Avval o‘zimiz jang uchun tayyor bo‘lib olishimiz lozim. Chempionlik jangiga tezroq harakat qilmoqchimiz. Buning uchun promuoterlik kompaniyasi bilan shartnomamiz bo‘lishi kerak.
Izoh (0)