Amerikaning Kaliforniya shtati janubidagi kuchli yog‘ingarchilik sikloni oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Yomg‘irlar va soatiga 110 kilometr tezlikdagi shamol bilan kechgan po‘rtana yuzlab daraxtlarni yiqitdi va Los-Anjeles, Ventura okruglari, Santa-Barbara, San-Bernardino shaharlari elektr uzatish simlarini uzib tashladi.
Noqulay ob-havo sharoitida daraxtlardan biri mashina ustiga quladi, oqibatda uning ichida bo‘lgan odam halok bo‘ldi. Yana uch kishi yomon ob-havo tufayli sodir bo‘lgan turli yo‘l-transport hodisalarida vafot etdi.
Sinoptiklar siklon 19-fevral, yakshanba kuni Kaliforniyaning markaziy qismi sohillariga yopirilishini ma’lum qilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)