Norvegiya Davlat global pensiya jamg‘armasi (Neft jamg‘armasi) mablag‘lari mamlakat budjeti taqchilligini qoplash uchun ishlatishda ayni damdagi sur’atlar bilan davom ettirilaversa, jamg‘arma yaqin yillarda keskin qisqaradi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Norvegiya Markaziy banki rahbari Oysten Olsen davlat Neft jamg‘armasidan mablag‘ o‘zlashtirish darajasini bugungidek ushlab tursa yoki oshirsa, yaqin 10 yilda jamg‘arma yarmigacha qisqarishi mumkinligini ma’lum qildi.Olsen agar jamg‘armaning kapital kiritilishidan keluvchi daromadi pasaygan bir vaqtda global turg‘unlik tufayli neft narxi tushib ketsa, jamg‘arma qisqarishi kuzatilishi mumkinligini qayd etdi.
Markaziy bank rahbari bunday voqea rivojidan qochish uchun fiskal siyosatni uzoq muddatga kuchaytirish va Neft jamg‘armasidan olinuvchi mablag‘lar hajmini keraklicha kamaytirish lozimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Norvegiya faqat neftdan keluvchi daromadga tayanib qolmasligi uchun budjet daromadlari manbalarini yanada ko‘paytirishi lozim.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)