Gollivud aktyori Kianu Rivz hech qachon farzandli bo‘lmasligini ma’lum qildi. U bu haqda Esquire nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
2000-yili Kianu Rivz va uning turmush o‘rtog‘i Jennifer Saym qiz farzandli bo‘lgan edi, biroq Ava Archer Saym-Rivz ismli go‘dak o‘lik holda tug‘ilgan edi. Shundan so‘ng ular ajrashdi, Jennifer Saym esa 2001-yili yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi.
Farzandli bo‘lish haqidagi savolga javob berar ekan, Kianu Rivz bu ishga endi “juda kech” bo‘lgani va “barchasi tugaganini” aytdi.
Men 52 yoshdaman va farzandli bo‘lmoqchi emasman.Odamlar istagan vaqtda farzand ko‘rishi mumkinligi, masalan 73 yoshli xonanda Mik Jagger yaqindagina ota bo‘lgani haqidagi izohga javoban, Rivz Jaggerga vaqt ta’sir o‘tkaza olmasligini aytgan.Kianu Rivz, Gollivud aktyori
Qayd etish joiz, 61 yoshli aktyor Mel Gibson 2017-yilning yanvar oyi oxirlarida 9-marta ota bo‘lgan edi.
2017-yilda Kianu Rivz bosh rolni ijro etgan “Reproduksiya” (“Replicas”) filmi katta ekranlarga chiqadi. Bu filmda aktyor YTHda vafot etgan oilasini qaytarishga urinadigan olim rolini o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, 1964-yil Livan poytaxti Bayrut shahrida tavallud topgan. Aktyorlik faoliyatini 1984-yilda boshlagan Rivz shu kungacha 60 dan ortiq kinokartinalarda turli rollar ijro etgan.
U uch qismdan iborat “Matritsa”, “Farahli noyabr”, “Ko‘l bo‘yidagi uy” kabi filmlardagi rollari orqali mashhurlik qozongan. 2005-yili Kianu Rivz Gollivud Shon-shuhrat yo‘lagida o‘z yulduziga ega bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)