Yaponiya sharqidagi Kavadzu shaharchasida mamlakat ramzlaridan biri hisoblangan sakuralar gullay boshladi. Bu hodisa har yili butun dunyodan minglab sayyohlarni shaharchaga chorlaydi. TJournal sayyohlar va mahalliy aholi vakillari tomonidan Instagram’ga joylashtirilgan suratlar fotojamlanmasini taqdim etdi.
An’anaga ko‘ra, sakura mart oyining ikkinchi yarmida yoki aprelning boshida gullay boshlaydi, mamlakat meteorologiya xizmatlari sakuraning janubdan shimolga tomon gullash harakati haqida kunlik hisobot berib boradi. Kavadzuda ekilgan sakkiz ming tup sakura esa, odatda, biroz vaqtliroq gullaydi.
Foto: TJournal
Yana bir an’anaga ko‘ra, yilning bu pallasida yirik brendlar va kichik do‘konlar gullash mavzusiga oid yeguliklar va ichimliklar ishlab chiqara boshlaydi.
2017-yilda Kavadzuda pushti baliq shaklidagi pechenye Instagram “yulduzi”ga aylandi. Bu pechenyelar gullayotgan daraxtlar ostida sotilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)