Motor nashri turli mamlakatlardagi maktab avtobuslari aks etgan fotogalereyani taqdim etdi.
BlueBird №1
1927-yilda paydo bo‘lgan birinchi maktab avtobusi, u Ford Model T platformasiga qurilgan va sariq rangga bo‘yalgan edi.Ford B600 Superior
B seriyasidagi Ford shassisiga qurilgan ushbu avtobus Amerika filmlarida eng ko‘p aks etadi. B600 1980—1998-yillarda chiqarilgan.Thomas FS-65
Freightliner yuk mashinasi shassisiga qurilgan ushbu avtobus 1997—2007-yillarda chiqarilgan.Chevrolet Apache 10 Suburban
Chevrolet pikaplari bazasiga qurilgan kichik furgonlar 70-yillarda ommabop bo‘lgan va kichik shaharlarga xizmat qilgan.IC Bus RE
2001-yildan hozirgacha chiqarilayotgan maktab avtobuslari Wi-Fi, sun’iy yo‘ldoshli TV va maxsus toymaydigan pol qoplamasiga ega.IC Bus SE
AQShning yana bir vakili, o‘z ichiga 78 yo‘lovchini sig‘dira oladi.Volvo B58-60
Norvegiyada ushbu avtobus 70-yillar o‘rtalaridan 90-yillar o‘rtalarigacha maktablarga xizmat qilgan.Ikarus 256.82
Birlashgan Arab Amirliklaridagi ilk maktab avtobuslaridan biri. U mamlakatga 1993-yilda keltirilgan va u yerdagi yagona nusxa bo‘lib qolganOptare Versa Diesel-Electric Hybrid
Britaniya maktab avtobuslari oilasining zamonaviy vakili.DongFeng EQ6660
Xitoydagi turli-tuman maktab avtobuslaridan biri, ularning katta qismi Amerikaning maktab avtobuslariga taqlidan yasalgan.Volare V8L 4×4
Braziliyadagi ushbu maktab avtobusi olis hududlardan nogiron o‘quvchilarni tashish uchun mo‘ljallangan va nogironlik aravalari uchun maxsus maydonchalarga ega.Progress-8
1964-yilda sobiq ittifoq mamlakatlarining olis qishloqlari uchun chiqarilgan va turi ranglarga bo‘yalgan.PAZ-32063-70
Rossiyada eng ko‘p tarqalgan maktab avtobuslaridan biri, yuqori darajadagi qulaylikka ega o‘rindiqlar bilan jihozlangan.Promtex 22438S
Saloni yo‘nalishli taksi tamoyili bo‘yicha jihozlangan Rossiya maktab avtobusi.
Izoh (0)