AQShda bir guruh senatorlar Rossiyaga nisbatan sanksiyaning bekor qilinishi faqat Kongress ruxsati bilan amalga oshishi mumkinligi haqidagi qonun loyihasini hamkasblari ko‘rib chiqishi uchun kiritish niyatida. Bu haqda CNN ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Hujjat mualliflari respublikachi Lindsi Grem va demokrat Ben Kardindir.
Qonun loyihasi “Rossiya bilan munosabatlarni baholash akti” deb nomlangan va AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Moskvaga nisbatan cheklov choralarini susaytirishni taklif qilishi mumkin bo‘lgan holat uchun ishlab chiqilgan.
Telekanalning ma’lum qilishicha, hujjatda Oq uy nima sababdan Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga intilayotganligi bo‘yicha batafsil tushuntirish beruvchi hisobot tayyorlashi lozimligi, shuningdek, Kongress bu qaror uchun ovoz berishi mumkin bo‘lgan 120 kunlik davr nazarda tutiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)