“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 5-apreldan Pokistonning Lahor shahriga parvozlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Reyslar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- HY 463, “Toshkent—Lahor”, chorshanba kunlari, Toshkentdan uchib ketish vaqti — 10:30, Lahorga yetib borish vaqti — 12:50;
- HY 464, “Lahor—Toshkent”, chorshanba kunlari, Lahordan uchib ketish vaqti — 23:55, Toshkentga yetib kelish vaqti — payshanba 02:25;
- HY 461, “Toshkent—Lahor” payshanba kunlari, Toshkentdan uchib ketish vaqti — 22:40, Lahorga yetib borish vaqti juma — 01:00;
- HY 462, “Lahor—Toshkent” juma kunlari, Lahordan uchib ketish vaqti — 10:15, Toshkentga yetib kelish vaqti — 12:45.
Aviachiptalarni “Onlayn bronlash” bo‘limida onlayn bronlash va sotib olish, shuningdek barcha sotish shoxobchalaridan xarid qilish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)