Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jon Makkeyn prezident Donald Trampga Donbassda mojaro keskinlashganligi sababli Rossiyadan hududini himoya qilishda Ukrainaga yordam berishni so‘rab, maktub yo‘lladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters
Rossiyaning oxirgi hujumlari va kelgusida Ukrainaga qarshi tajovuz istiqbolini inobatga olib, 2017-moliyaviy yilda sizdan milliy mudofaa to‘g‘risidagi qonun bergan vakolatdan foydalanishingizni so‘rayman. Rossiya yoki uning nazoratidagi ayirmachilar harakatlaridan o‘z hududini himoya qilishda Ukrainani qurol-aslaha bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash zarur.

Jon Makkeyn, AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari

Avvalroq Donald Tramp Jon Makkeynga uchinchi jahon urushini keltirib chiqarish haqida o‘ylash o‘rniga kuch-quvvatini IShIDga qarshi kurash, noqonuniy muhojirlik va chegaralar xavfsizligi masalalariga qaratishni maslahat bergandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi