Kaliforniyalik 35 yoshli Liz Klark umrining o‘n yildan ortig‘ini o‘z qayig‘ida Meksika va Markaziy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlari, shuningdek, Tinch okeanining janubiy qismi bo‘ylab sayohatda o‘tkazgan, deb yozadi TJournal.
Klark sayohatga chiqishdan avval San-Diyegoda barmen bo‘lib ishlagan, biroq bolaligidan sayohat haqida orzu qilgan. 2006-yili u ishdan bo‘shadi va o‘z orzusini amalga oshirishga kirishdi.
2013-yilda Klarkning qayig‘ida uning o‘zi tomonidan qutqarib olingan Ameliya laqabli mushuk paydo bo‘ldi. Klark mushugini ba’zan “Tropiket” deb ham chaqiradi.
Sayohatchining aytishicha, mushukka qirg‘oqdagi uydan ko‘ra qayiqda yashash ko‘proq yoqadi.
2014-yilda Klark National Geographic jurnalining “Sarguzashtlar izlovchisi” nominatsiyasidan joy oldi. U o‘z sayohatlari haqida Facebook va Instagram’da hikoya qilib boradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)