Demographia tadqiqotlar tashkiloti dunyoning turli nuqtalarida yashash narxlari haqidagi 13-yillik hisobotini e’lon qildi. Bu haqda “Vc.ru” xabar berdi.
Tadqiqotchilar dunyoning to‘qqizta davlati — AQSh, Avstraliya, Kanada, Gonkong, Irlandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Singapur, Buyuk Britaniyadagi 406 ta katta shaharlarning ko‘chmas mulk bozorlari haqidagi ma‘lumotlarni o‘rganib chiqdi.
Demographia hududlardagi o‘rtacha yashash narxi va ish haqi darajasini qiyoslab chiqdi. Olingan farqlarga asoslanib, tadqiqotchilar hududda yashash narxi va aholi daromadlari o‘rtasida nisbatan katta farq bo‘lgan shaharlarni aniqladi.
2017-yilda yashash uchun eng qimmat bo‘lgan shaharlar o‘ntaligi:
1. Gonkong (Gonkong)
2. Sidney (Avstraliya)3. Vankuver (Kanada)
4. Oklend (Yangi Zelandiya)
5. San-Xose (Italiya)6. Melburn (Avstraliya)7. Gonolulu (AQSh)8. Los-Anjeles (AQSh)9. San-Fransisko (AQSh)10. Bornmut va Dorset (Buyuk Britaniya)Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)