Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

The Wall Street Journal, TechAdvisor, TechnoBuffalo va boshqa nashrlar Huawei Mate 9’ni yuqori baholab, uning texnik ko‘rsatkichlari, dizayni, Amazon Alexa’ga integratsiyalashuvini alohida ta’kidladi.

Foto: Huawei

Foto: Huawei

CES 2017 ko‘rgazmasida eng yaxshi axborot agentliklari Huawei’ni qator mukofotlar bilan taqdirladi. Huawei Mate 9 noyabrda jahon miqyosida chiqarilgandan keyin Huawei bu qurilma Amerika bozorlarida ham mavjudligini va Amazon Alexa va Google Daydream tizimlariga ulanganligini e’lon qildi.

Jahon media gigantlari Huawei’ning yuqori mahsuldorligi, quvvati, dizayn va kamerasini yuksak baholab, unga 8 ta mukofot, shu jumladan eng yaxshi innovatsiyalar uchun beriladigan CES Innovation Award 2017 mukofotini taqdim etdi.

Foto: Huawei

Foto: Huawei

CES 2017’da olingan mukofotlarga qo‘shimcha ravishda Android Authority Huawei’ni “Yilning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi” deb atab, uning qurilmalari, ishbilarmonligi va texnologik yetakchiligini e’tirof etdi.

Huawei Mate 9’ga CES 2017 da berilgan mukofotlar:

The Wall Street Journal Huawei Mate 9’ni “2017-yilning eng yaxshi mahsuloti” deb atadi. Nashrchilar uning displeyi, protsessori, qo‘shimcha quvvatlash imkoniyatlari va qo‘sh obyektivli kamerasini alohida e’tirof etdi.

Foto: Huawei

Foto: Huawei

Android Police esa Amazon Alexa’ga integratsiyalashgani uchun Huawei Mate 9’ga “Eng yaxshi smartfon” nomini berdi. U CES’dagi bu kabi yagona smartfon edi.

Foto: Huawei

Foto: Huawei

BRG Huawei Mate 9’ni CES 2017’ning g‘olibi deb atab, uning displeyi, texnik xarakteristikasi, akkumulyatori va Amazon Alexa’ga integratsiyalashganini yuqori baholadi.

Foto: Huawei

Foto: Huawei

Chip Chick esa Amerika bozoriga chiqqani va Amazon Alexa’ga mosligi uchun Huawei Mate 9’ni 2017-yil CES’ining “Eng yaxshi qurilmasi” deb topdi.

Foto: Huawei

Foto: Huawei

Talk Android Huawei Mate 9’ning qo‘sh obyektivli kamerasi va Kirin 960 protsessorini e’tirof etib, uni CES 2017’ning “Eng yaxshi mahsuloti” deb atadi.

Huawei CES 2017_6

TechAdvisor/PC Advisor qurilmaning Amazon Alexa’ga integratsiyalashganini ta’kidlab, Huawei Mate 9’ni 2017-yilning “Eng yaxshi jamlanmasi” ro‘yxatiga qo‘shdi.

Huawei CES 2017_7

TechnoBuffalo ham Amazon Alexa’ga integratsiyalashgani, protsessori, ilovalarning boshqarilishi, akkumulyator va elegant displeyini nazarda tutib Huawei Mate 9’ni 2017-yil CES’ining “Eng yaxshi qurilmasi” deb topdi.

Huawei CES 2017_8

Techaeris Kirin 960 protsessori, SuperCharge texnologiyasi, ikkita obyektivli Leica kamerasi va Amazon Alexa’ga integratsiyalashuvini e’tiborga olib, Huawei Mate 9’ni 2017-yil CES’ining Eng yaxshi qurilmalari ro‘yxatiga kiritdi.

Huawei CES 2017_9

Huawei Consumer BG kompaniyasi haqida

Huawei qurilmalari va xizmatlari dunyoning 170 dan ziyod davlatlarida mavjud va ulardan Yer aholisining uchdan bir qismi foydalanadi. 2015-yilda u dunyo bo‘yicha mobil telefonlar yetkazib berish ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turardi. Kompaniyaning 16 ta tadqiqot markazi Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya, Hindiston va Xitoyda joylashgan.

Huawei Consumer BG Huawei’ning uchta bo‘linmasidan biri bo‘lib, smartfonlar, planshet va aksessuarlar ishlab chiqaradi, shuningdek, bulutli sistemalar yaratish bilan shug‘ullanadi.

Huawei’ning jahon tarmog‘i telekommunikatsiya sohasidagi 20 yillik ekspertizalarga asoslanadi va butun dunyodagi insonlar uchun eng zamonaviy texnologiyalar yaratishga e’tibor qaratgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun http://consumer.huawei.com sayti va Facebook’dagi sahifaga kiring.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi