Moskvani juda past bulutlar qoplab olganida, rossiyalik fotosuratchi Dmitriy Chistoprudov shaharni suratga oldi. Meduza’ning yozishicha, bunday iqlim sharoiti yilda bir necha bor kuzatiladi, xolos.
Chistoprudov Ostankino teleminorasining tomosha maydonchasidan shaharni va alohida osori-atiqalarni, jumladan, Moskva-Siti ishbilarmonlik markazi va Moskva davlat universitetining bosh binosini suratga oldi.
Chistoprudovning shu seriya bo‘yicha boshqa ko‘plab suratlarini uning blogida tomosha qilish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)