Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kiyevning Pecherskiy tuman sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning mol-mulkini xatladi, deya xabar bermoqda “RBK” Ukraina OAVlariga tayanib.

Foto: “Uaport.net”

Foto: “Uaport.net”

Qaror 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan, biroq u haqda 2017-yil 6-yanvardagina ma’lum bo‘ldi.

Turar-joy, kvartira, ikkita garaj va yarim yer osti parkingidagi ikkita mashina joyi xatlandi. Shuningdek, sud brig — ikki machtali yelkanli kemani xatga oldi.

Sud qarorida Yanukovich “davlatga xiyonat”da, “Ukraina hududlari chegaralarini va davlat chegaralarini o‘zgartirish maqsadida tartibni buzishda sheriklik qilish”da va “agressiv urush olib borishda sheriklik qilish”da gumonlanayotgani ko‘rsatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi