Turkiya politsiyasi Dogan xoldingining bosh yuridik maslahatchisi va sobiy bosh direktorini qo‘lga oldi. U muxolif siyosatchi va diniy rahnamo Fathulloh Gulenning tuzilmalariga aloqadorlikda gumonlanmoqda, deb xabar beradi “RBK”.
Dogan xoldingi Turkiyaning eng ommabop nashrlaridan biri bo‘lmish Hurriyet’ga egalik qiladi.
Xolding vakillarining so‘zlariga qaraganda, politsiya faqat rahbarlarning shaxsiy kabinetlarida hamda ikki kishining uyida reydlar o‘tkazgan. Politsiyaning xatti-harakatlari xolding va uning shu’ba korxonalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Izoh (0)