Saxalindan Kurilga uchayotgan Rossiya yo‘lovchi layneri chet el samolyoti bilan to‘qnashib ketmaslik uchun balandlikni favqulodda pasaytirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bombardier samolyoti Saxalindan uchib chiqqan bo‘lib, 6 ming metr balandlikka chiqqan va Kurilga ketayotgan edi. Ammo dispetcherlar laynerga o‘sha balandlikda va katta tezlikda noma’lum samolyot yaqinlashayotganini aniqladi. Ushbu samolyot yerdan kelayotgan so‘rovlarga javob bermadi.
Xavfli vaziyat bartaraf etilgach, dispetcherlar noma’lum samolyot bilan bir necha marta bog‘lanishga urindi, lekin uchuvchilar javob bermadi.
Shu bilan birga, noma’lum havo kemasining samolyot radiolokatsion signali ushlandi. Xalqaro tasnifga ko‘ra, bu signal NATO bloki samolyotlariga tegishlidir.
Ushbu axborot hozircha rasman tasdiqlanmadi.
Izoh (0)