Argentinalik olimlar Yer sayyorasida 545 million yil muqaddam yashagan tirik organizm qoldiqlarini aniqladi. Artefakt Buenos-Ayres provinsiyasining Olavarriya shaharchasi yaqinidan topildi, deb xabar beradi “TASS”.
Topilma Ediakariy davriga (635–541 million yil muqaddam) oid tosh jinslaridan aniqlandi.
“Biz strukturasi bor organizm izini topdik. Bu jonivor bo‘lganmi, o‘simlikmi, bilmadik, negaki u davr uchun bularni farqlovchi hech narsa ma’lum emas. Odatda biz o‘simlik organizmlar haqida gapiramiz. Lekin bu ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmagani bois biz topilmani biota deb ataymiz”, — dedi geolog Mariya Xuliya Arrouy.
Tadqiqotlar organizm Kembriy davridan oldin yashaganini ko‘rsatmoqda. Shu paytga qadar bu qadar qadimiy biotalar Paragvay va Braziliyadan aniqlangan edi. Ammo, argentinalik olimlarning fikricha, Alavarriya topilmalari yanada qadimiyroqdir.
Izoh (0)