AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Ford kompaniyasiga Meksikada zavod qurishdan voz kechgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Ford kompaniyasiga Meksikada yangi zavod qurishdan voz kechib, AQShda 700 ta ish o‘rni yaratishga qaror qilgani uchun rahmat. Bu faqat boshlanishi — keyinchalik bundan ham yaxshi bo‘ladi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Ford Meksikada yangi zavod qurishdan voz kechdi. Buning o‘rniga kompaniya Detroyt chetidagi Flet-rok shaharchasida yangi innovatsion sanoat markazi yaratishga 700 million dollar investitsiya kiritishga qaror qildi. Kompaniya rejalariga ko‘ra, bu qo‘shimcha 700 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Kompaniya Meksikaning San-Luis-Potosi shtati hokimiyatiga zavod loyihasi xarajatlarini qoplab beradi.
Ma’lumki, o‘z saylovoldi kampaniyasida Donald Tramp AQShning o‘zida qayta sanoatlashtirish o‘tkazib, yangi ish o‘rinlari yaratishni, yirik korporatsiyalar ishlab chiqarishni ishchi kuchi arzon bo‘lgan boshqa davlatlarga olib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni va’da qilgan edi. Jumladan, Tramp General Motors korporatsiyasini u Meksikada avtomobil ishlab chiqarib, AQShga bojxona to‘lovlarisiz olib kirayotgani uchun tanqid ostiga olgan edi.
Izoh (0)