AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 4-yanvar kuni BMTning yangi bosh kotibi, 1-yanvardan vazifasini bajarishga kirishgan Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tramp tomonidan Oq Uy rasmiy vakili sifatida ko‘rilayotgan Shon Spayser brifing chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bugun AQShning saylangan prezidenti o‘z ish kunini BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga qo‘ng‘iroq qilishdan boshladi”, — dedi u.
Ilgari Tramp BMT faoliyatining samaradorligini oshirish zarurligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)