Avstraliya, Kanada va Italiyada eng mehmondo‘st odamlar yashaydi. Buni “Booking.com” mehmonxonalardan xona band qilish bo‘yicha onlayn xizmat tomonidan sayyohlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
So‘rov natijalariga ko‘ra, 17 mamlakat vakili bo‘lgan 17 ming kishi — sayyohlar aholisi mehmondo‘st bo‘lgan va ko‘p tabassum qiladigan joyda o‘zini yaxshi his etadi. Bu reytingda birinchi uchlikni Avstraliya, Kanada va Italiya band etib turibdi.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Ispaniya, AQSh, Tailand, Yaponiya, Fransiya, Yangi Zelandiya va Braziliya kiradi.
Izoh (0)