Fotograf Lukas Simmerman qalin tuman turli ranglar oqimiga urg‘u bergan svetoforlarning bir qator suratlarini oldi. U barcha suratlarni Germaniyaning Veymar shahri yaqinida kechki payt olgan, deb yozadi TJournal.
Simmerman ranglarning tumandagi ko‘rinishiga mahliyo bo‘lganligini hikoya qilgan. Shuningdek, noodatiy vaziyatlardagi suratlar biz kundalik hayotda e’tibor bermaydigan oddiy narsalarning chiroyini ko‘rsata olishi mumkinligiga urg‘u bergan.
Simmerman tumandagi svetoforlarning ilk suratlarini 2013-yilda tushirgan. Biroq uch yil o‘tib, u avvalgi g‘oyasiga yana qaytib, suratlar kolleksiyasini to‘ldirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)