Britaniyaning Bukingem shahrida yashovchi uchuvchi Ben Devis qirollik osmonida ulkan Yangi yil tabrigini “chizdi”. Uchish trayektoriyasi Happy NY jumlasini hosil qildi, deb yozadi Daily Mail.
Uchuvchining so‘zlariga qaraganda, 346 kilometrlik parvoz uchun 2 soatu 23 daqiqa kerak bo‘lgan. Devis uni ikki o‘rinli Evektor EV-97 samolyotida amalga oshirdi.
U tabrikni bir urinishda “chizishga” erishganligini tan oldi. “Agar eng oxirida xato qilganimda ham hammasini boshidan boshlashimga to‘g‘ri kelardi”, — deydi Devis.
Avvalroq London shahri chekka qismlaridan birida yashovchi Ouen Delani GPS-koordinatalar yordamida yugurish yo‘nalishini chizish imkonini beruvchi Strava fitnes-trekeri yordamida Rojdestvoning bir nechta ramzlarini (archa, Santa Klaus va qorbobo) “chizgandi”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)