Xonanda Rayhon 31-dekabr kuni klip suratga oldirdi. Klipda hamkasbi Jahongir Poziljonov ham ishtirok etgan. Klip kimning qo‘shig‘i uchun suratga olingani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Rayhon Instagram’dagi sahifasida Poziljonov bilan birga tushgan suratini e’lon qilib: “Hamma Yangi yilni kutyapti, biz esa klip suratga olayapmiz”, — deb yozdi.
Qayd etish joiz, Yangi yil oqshomida tinim bilmagan birgina Rayhon va Jahongir Poziljonov emas — Munisa Rizayeva ham shu kuni “dam olmay, ishlagani” haqida xabar bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)